18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

18.11.2021

       18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. O‘zbekistonning davlat ramzi – bayrog‘imiz g‘urur va faxrimiz timsolidir. U o‘zida o‘zbek xalqining asriy orzu-istaklari, shon-sharafi va xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Ushbu bayram munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz.

Tabrik

07.11.2021

          Kompaniya ma’muriyati, Kuzatuv Kengashi va kasaba uyushma qo‘mitasi Kompaniyaning xaydovchi - ekspeditori Zubrev Sergey Nikolayevichni qutlug‘ 60  yoshga to‘lgani munosabati bilan tabriklaydi.

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni

21.10.2021

 O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 32 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni, jumladan hamkasblarimiz va hamkorlarimizni tabriklaymiz.

Darhaqiqat ona tilimizni rivojlantirishga oid kuplab ishlar qilinmoqda. Mamlakatimizda o‘zbek tilining nufuzini yanada yuksaltirish, bu boradagi amaliy ishlar, tadqiqotlarni rivojlantirish, zarur qo‘llanma, lug‘atlar, ilmiy-ma’rifiy manbalarni yaratish, uning targ‘ibotini kuchaytirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda.

Barchani yana bir bor O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi sanasi bilan qutlaymiz.