20/09/18

“MATBUOT TARQATUVCHI” Aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlari diqqatiga X A B A R N O M A

     Sizni, Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko'chasi, 2-uyda joylashgan "Matbuot tarqatuvchi" Aksiyadorlik kompaniyasi binosida 2018 yil «28» sentabr kuni  soat 11.00 da bo'lib o'tadigan "Matbuot tarqatuvchi" AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig’ilishiga taklif etamiz.

                                         Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Umumiy yig'ilish reglamentini belgilash.
2. Kompaniya Kuzatuv Kengashi a'zosi A.Ismailovning vakolatini muddatidan ilgari tugatish.
3. Kompaniya Kuzatuv Kengashi yangi a'zosini saylash.

         Umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2018 yil 24 sentabr kuni holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestri asosida tuziladi. Aksiyadorlarni ro’yxatga olish 2018 yil 28 sentabr kuni Kompaniya binosining 1-qavatida soat 10:30 dan amalga oshiriladi.

         Aksiyadorlar belgilangan hisobot va ma'lumotlar bilan Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko'chasi, 2-uy Kompaniya binosining 3-qavati 2-xonasida tanishishlari mumkin.

         Aksiyadorlar o'zlari bilan  shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

 

Kompaniya Kuzatuv Kengashi

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi