“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi tarixi va asosiy yo‘nalishlari

“Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 418-sonli qaroriga asosan “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari negizida tashkil etildi. Kompaniya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin o‘z faoliyatini 2000-yil aprel oyidan boshladi. Mazkur kompaniyani tuzishdan asosiy maqsad Respublika bo‘yicha vaqtli matbuot nashrlarini tarqatuvchi tuzilmani tashkil etishdir.

Quyidagilar "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib belgilangan:

  • respublika aholisining va boshqa davlatlarning O'zbekiston Respublikasi vaqtli matbuotiga bo’lgan ehtiyojini qondirish;
  • vaqtli nashrlarga bo’lgan ehtiioj marketingi va monitoringini tashkil etish;
  • vaqtli matbuotni chakana savdo do'konlari tarmog'i va vaqtli matbuotni tarqatuvchilar orqali tarqatishni ta'minlash;
  • chakana savdo do'konlari tarmog'ini oqilona va samarali joilashtirish hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • "O’zbekiston pochtasi" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korhonalari bilan birgalikda vaqtli matbuot iste'molchilariga o'z vaqtida etkazib berilishini, shuningdek, vaqtli matbuotga obuna bo'lishni tashkil qilish va uning aloqa bo'limlari tarmoqlari orqali sotilishini ta'minlash.

"Sharq" NMAK bilan gazeta jurnallarni ekspedisiya qilish va "Halqaro pochtamt" filiali bilan Respublika viloyatlariga samolyot, temir yo'l va avtomobillar orqali yetkazib berishni amalga oshirish bo'iicha shartnomalar tuzilgan.

Kompaniya har yili O'zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida tarqatiladigan gazeta, jurnallar va kitoblar katalogini chop etadi. Katalogga 350 dan ortiq vaqtli matbuot nashrlari va kitoblar kiritilgan. Obunani har hil narhlarda rasmiilashtirilib, abonent qutisiga yoki manzilga yetkazib beriladi. Bundan tashqari kompaniya o'zining mahsus "Matbuot" kiosklariga ega. Mijozlar bu kiosklarda obunani rasmiylashtirish va o'zlari olish imkoniyatiga ega. Ushbu kiosklarda obuna rasmiylashtirish arzon narhlarda amalga oshiriladi.

Tarqatiladigan gazeta va jurnallarda doimiy ravishda respublikamizda ro'y berayotgan islohatlar, voqea-hodisalar, hukumat qarorlari, madaniyat va sport yangiliklari chop etiladi. Bularning barchasi O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashayotgan mushtariylarning respublika mustaqillikka erishganidan so'nggi o’zgarishlarni bilishlariga hizmat qiladi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi