O‘zbekistonda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi tasdiqlandi

Prezident farmoniga muvofiq 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalar amalga oshiriladi.

Davlat dasturi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida — parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat tizimini optimallashtirish, ma’muriy islohotlarni davom ettirish, davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qo‘llash, davlat xizmatlarini rivojlantirish, davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqish, ularning mustaqilligini oshirish;

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida — sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish, aholi tinchligi, xavfsizligini va qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish;

Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish;

Ijtimoiy rivojlanish sohasida — aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan ta’minlash va farovonligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish;

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida — mamlakat mudofaa qudratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyatini mustahkamlash, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ochiqlik, o‘zaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi