9 May
Poytaxtimizda 1999 yili 9 may kuni Xotira maydoni ochildi. Ushbu kundan boshlab 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram tarix davomidan shu kungacha o‘lkamizni himoya qilgan, uning erkinligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi keng va chuqur ma’noga egadir.
O‘tganlarning nomlarini yod etish, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning arvohlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Shunday ekan yurtimiz ozodligi va uning rivoji uchun o‘z jonini fido qilgan, hamda bor kuch va aqliy mehnatini bag‘ishlagan yurtdoshlarimiz xotirasi qalbimizda abadiy o‘chmaydi.