Bayram kuniga soha xodimlarga munosib tuhfa
Farg'ona viloyati "Matbuot tarqatuvchi" Sho'ba korxonasi joriy yilning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini o'zgacha quvonch bilan kutib olishdi. Sababi korxonaning Marg'ilon bo'limi binosi ushbu bayram arafasida qurib bitkazildi. Ushbu barcha qulayliklarga ega zamonaviy binoda mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda va hamkorlar bilan yaqindan aloqa o'rnatishda barcha imkoniyatlar mavjud.