Bugun “Matbuot tarqatuvchi” AK da yig'ilish bo'lib o'tdi.
Respublikamizda karantin davom etayotganligi, karantin qoidalariga to'liq amal qilgan holda ishni tashkil etish zarurligi yig'ilishda alohida takidlab o'tildi. Shuningdek Kompaniyaning 5 oylik moliyaviy holati, Covid-19 pandemiya karantin jarayonlarining kompaniya moliyaviy faoliyatga ta'siri, kelgusi ish jarayonlarini qayta ko'rib chiqish hamda ish tartibini ham shunga moslashtirish, “Matbuot” kiosklarida karantin talablariga to'liq rioya etgan holda ishlanishi tegishli bo'limlar tomonidan nazorat qilib borilishi yig'ilish kun tartibida muhokama qilindi.