Kompaniyada Toshkent viloyati “Matbuot tarqatuvchi” sho‘ba korxonasi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Kompaniyaning majlislar zalida Toshkent viloyati “Matbuot tarqatuvchi” sho‘ba korxonasi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi...

   Kompaniyaning majlislar zalida Toshkent viloyati “Matbuot tarqatuvchi” sho‘ba korxonasi xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
   Yig‘ilishni kompaniya Savdo bo‘yicha direktori D.S.Safarov ochib berdi. Joriy yilning 12 yanvaridan Toshkent viloyati “Matbuot tarqatuvchi” sho‘ba korxonasining faoliyati Kompaniya Bosh direktori rahbarligida o‘rganilganligi, o‘rganish jarayoni asosida viloyatdagi barcha tuman, shaharlarda joylashgan matbuot kiosklarining umumiy holati bo‘yich ma’lumot berib o‘tdi. Sho‘ba korxonaning umumiy faoliyati tanqidiy muhokama qilindi. Joylardagi aksar kamchiliklar bir-birini takrorlovchi kamchiliklar bo‘lsada, biroq har bir hududning o‘ziga xos muammo va masalalari ham borligi, ushbu masalalar yechimida individual yondashuv talab etilishi takidlab o‘tildi.
   Shuningdek, yig‘lishda “Matbuot” kiosklarida kitob sotuvini yanada jonlantirish hamda matbuot kiosk sotuvchilarining muomala madaniyatini yanada yaxshilash, kiosklarda nashrlarni did bilan joylashtirish borasida fikr bildirildi. Obuna va chakana savdo tizimida sho‘ba korxona oldida tuman va shaharlarning mavjud qarzdorliklarini so‘ndirish hamda O‘zbekiston Respublikasining vaqtli matbuot nashrlariga 2018 yil uchun obuna qabul qilish ishlarini jadal sur’atda davom ettirish bo‘yicha, hamda yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar va takliflar berdi. Shu o‘rinda yig‘ilish qatnashchilarning savollariga atroflicha javob berdilar.


   Yig‘ilishdan so‘ng ishtirokchilar Toshkent shahridagi “Matbuot” kiosklaridan biriga tashrif  buyurilib, hujjatlarni tartibli yuritish hamda kiosklarda nashrlarni did bilan joylashtirish borasida kompaniyada uzoq muddatli ish tajribasiga ega xodimlar tomonidan mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi