Matbuot anjumani bo'lib o'tdi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida, 2021 yil uchun davriy bosma nashrlarga obunani tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Anjumanda so'zga chiqgan "Matbuot tarqatuvchi" AK direktori Davron Safarov va "O'zbekiston pochtasi" AJ direktori Alisher Fayzullaev jurnalistlar bergan savollariga javob berdilar.