“Matbuot tarqatuvchi“ AK jamoasi qadimiy Buxoroda

Qadimiy va barhayot Buxoro shahridagi asori-atiralarni, ko‘hna tarixdan darak berib turgan, asrlar silsilasidan o‘tib kelayotgan Sharq madaniyati va bunyodkorligini o‘zida mujassam etgan madrasa va qadimiy imoratlarni tomosha qilish, ziyorat qilish nafaqat dunyoning uzoq o‘lkalaridagi sayyohlar uchun, balki har bir yurtdoshimizning ham hayotdagi azaliy orzularidan biri desak yanglishmaymiz.

   Qadimiy va barhayot Buxoro shahridagi asori-atiralarni, ko‘hna tarixdan darak berib turgan, asrlar silsilasidan o‘tib kelayotgan Sharq madaniyati va bunyodkorligini o‘zida mujassam etgan madrasa va qadimiy imoratlarni tomosha qilish, ziyorat qilish nafaqat dunyoning uzoq o‘lkalaridagi sayyohlar uchun, balki har bir yurtdoshimizning ham hayotdagi azaliy orzularidan biri desak yanglishmaymiz.
   “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati va Kompaniya kasaba uyushmasi ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta‘minlash, shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirishda munosib ishtirok etish, Kompaniya xodimlarini mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida respublikamizning qadimiy shaharlariga sayohat qilishlari uchun har tomonlama sharoitlar yaratib berishga katta ahamiyat qaratilmoqdi.
   Joriy yilning 17-19 mart kunlari Komapniyada faoliyat ko‘rsatayotgan 50 nafar xodim  uchun Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi. Ushbu sayohat ziyorat maqomiga ham ega bo‘lib barchaga maqbul tarzdagi dastur asosida tashkil etilib, ziyoratgoh joylarning ketma ketligiga alohida etibor qaratildi. Xodimlar Buxoro viloyatining  qadimiy maskanlarini tomosha     qilib, olam-olam taassurot olishdi.
   Sayohat davomida qadimiy Buxoro viloyatining Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy, Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fag’naviy, Xoja Ali Romitoniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Bahovuddin Naqshband madaniy-me’moriy majmuasi, Labi hovuz ansambli, Mir Arab madrasalari, “Toqi Sarrofon”, “Toqi  Telpakfurushon”, “Toqi Zargaron” ko‘hna savdo markazlari, Ark-viloyat o‘lkashunoslik muzeyi, Ismoil Somoniy, Chashmai Ayub maqbarasi kabi bir qator tarixiy obidalarni ziyorat qildilar.
   Sayohatchilar ko‘hna Buxoroning qadimiy maskanlarini tomosha qilib, o‘zlarini ruhan yengil his qilganliklarini e’tirof etishdi. Bu esa albatta mehnat unumdorligini oshishiga ijobiy hissa qo‘shadi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi