“Matbuot tarqatuvchi” AKda ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

   “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida 2019 yil 6 dekabr kuni “Konstitutsiya huquq va erkinliklar kafolati” mavzusida kompaniya ishchi-xodimlari bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
   Tadbirni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori v.v.b D.Safarov kirish so'zi bilan ochdi ва barcha yig’ilganlarni yaqinlashib kelayotgan 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan tabrikladi hamda so'z navbatini Oliy majlis deputati Sh.Tuxtaboevga berdi.
Oliy majlis deputati Sh.Tuxtaboev so'zga chiqib, kompaniya ishchi-xodimlarini yana bir bor yaqinlashib kelayotgan 8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan muborakbot etdi hamda “Konstitutsiya huquq va erkinliklar kafolati” mavzusida ma'ruza o'qidi. U o'zining ma'ruzasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilingan kuni, uning o'tgan 27 yil mobaynida qay darajada shakllanganligi hamda Konstitutsiyamizning moddalarida keltirib o’tilgan fuqarolar huquq va burchlari haqida tinglovchilarga ma’lumot berib o’tdi va "Hayot sug'urtasi" mavzusida "Alscom" sug'urta Kompaniyasi bosh menedjeri D.Nizamiddinova so'zga chiqib Hayot sug'urtasi qilish hodimlarga afzalliklari va foydali tomonlarini tushuntirib o'tdi.
Tadbir so'ngida, tadbir ishtirokchilari o'zlarining qiziqtirgan savollari bilan ma'ruzachiga murojaat qilishdi hamda o'z savollariga kerakli va tushunarli to'liq javoblar olishdi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi