"Matbuot tarqatuvchi" AKning Loyihalar tanlovi

"Matbuot tarqatuvchi" AKning Loyihalar tanlovi

(Yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etish huquqiga ega)

 G’oyangiz bor lekin sarmoyangiz yo’qmi,

  Demak ushbu tanlov siz uchun.

 Uyda zerikdingizni, zamon bilan hamnafas bo’ling, startup loyihalaringizni yakuniga etkazib "Matbuot tarqatuvchi" AKning loyihalar tanlovi g’olibi bo’ling. Nafaqat o’z loyihangizga rahbarlik qilasiz, balki butun umr davomida sizning loyihangiz sof foydasidan foiz hisobida daromadga ega bo’ling.

 Loyihalar ishlab chiqishda yo’nalishlar:

1. Ishlab chiqarish;

- mahsulot ishlab chiqarish va uni "Matbuot tarqatuvchi" AK savdo tizimi orqali sotuvini yo'lga qo'yish,

- yangi turdagi mahsulot ishlab chiqish, ichki va tashqi bozorda savdoni tashkil etish,

- Hamkorlikda sohadan tashqari yangi ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Xizmat ko'rsatish (serviz) va savdo sotiqni olib borish;

- "Matbuot" kiosklari orqali qo'shimcha xizmatlarni tashkil etish,

- "Matbuot" kiosklari orqali yangi zamonaviy reklamma xizmatlarini ko’rsatishni tashkil etish,

- "Matbuot" kiosklari orqali savdo sotiq ishlarini yangi ko’rinishda olib borish.

3. Ulgurji savdo va boshqa xizmatlar;

- Hamkorlikda ulgurji savdo xizmatlarini amalga oshirish,

- Hamkorlikda sohadan tashqari yangi zamonaviy ulgurji tijorat savdolarini tashkil etish.

4. Dillerlik xizmatlarini amalga oshirish;

- Ishlab chiqarishni yo'lga qo’ydingiz, lekin dillerlaringiz yo’qmi, Kompaniya tizimidagi korxonalar tizimi orqali viloyatlarda o’z dillerligingizni yo’lga qo’yish imkonini qiling,

- Dillerliklarni jalb qilish.

5. Pochta va kurerlik xizmati;

- Kurerlik xizmatini amalga oshirish,

- Internet haridlarini etkazib berish xizmati,

- “Matbuot” kiosklari orqali posilka va boshqa jo’natmalarni qabul qilish tizimi orqali viloyatlar aro pochta xizmatini amalga oshirish.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi