Tadbir

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2022 yil 27 sentabrdagi xatiga asosan, joriy yilda 3-9 oktabr kunlari "Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat" degan g‘oya ostida o‘tkazilayotgan "Keksalar haftaligi" da 2022 yil 5 oktabr kuni "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasida uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan mehnat faxriylari taklif qilinib "Kasbim faxrim" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi va faxriylarga esdalik sovg‘alari berildi.

Kompaniyada hozirgi kunda faoliyat yuritib kelayotgan katta yoshdagi xodimlar ortasida shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, g‘olib va ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi