"Elektron hukumat" tizimi doirasida rejalashtirilgan hamda bajarilgan ishlar to'g'risidagi ma'lumot

"Matbuot tarqatuvchi" ochiq aksiyadorlik kompaniyasida "Elektron hukumat" tizimi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda:

1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz orqali "Fuqarolar murojaatlari" xizmat turidan foydalanib kelinmoqda. Bugungi kunga kelib Kompaniya nomiga 4 ta murojaat kelib tushgan.

2. Kompaniyaning www.akmt.uz saytida joriy etilgan "Onlayn obuna" dasturini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz tizimiga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

3. Kompaniyaning www.akmt.uz saytida joriy etilgan "Vakansiyalar" hamda "Rahbar qabuliga yozilish" xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz tizimiga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

4. Kompaniyaning markaziy apparati hamda viloyat korxonalari rahbarlari uchun elektron raqamli imzolar mavjud bo'lib, elektron hujjat aylanish (E-xat) tizimidan foydalanib kelinmoqda.