9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan sana.
Har yili 9-fevral O‘zbekistonda ulug‘ mutafakkir shoir va davlat arbobi Mir Nizomiddin Alisher Navoiy hazratlarining tavallud topgan kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu kuni butun o‘zbek xalqi shoir xotirasini yodga oladi, g‘azallaridan namunalar o‘qish orqali hurmat bajo keltiradi.
Alisher Navoiy milodiy 1441-yilning 9-fevral kunida tavallud topgani qayd etilgan. U o‘sha paytdagi Temuriylar davlatining poytaxti va ilmiy markazi Hirotda uyg‘ur oilasida tug‘ilgan. 11 yoshida Sabzavorda Husayn Boyqaro bilan tanishadi va bu tanishuv uning hayotida muhim rol o‘ynaydi. 16 yoshda Mashhadga borib o‘qiydi. Otasi G‘iyosiddin Kichkina Bahodir vafotidan keyin Samarqandga keladi va ikki yil Abu Lays Samarqandiydan dars oladi. 28 yoshda Hirotga qaytgan Navoiy sulton Husayn Boyqaro xizmatiga kiradi va muhrdor lavozimiga tayinlanadi. 31 yoshda devonbegi lavozimiga tayinlangan Navoiy 37 yoshda Abdurahmon Jomiy tavsiyasi bilan Naqshbandiya tariqatiga kiradi. Hijriy 906-yil, milodiy 1500-1501-yillarda Hirotda vafot etadi. Qabri bugungi Afg‘onistonning Hirot shahridadir.
Navoiydan bizga 30 dan ortiq asarlar meros sifatida qolgan.