Kiosk sotuvchilar ishtirokida yig‘ilish

     “Matbuot tarqatuvchi” AK majlislar zalida 2022 yil 29 avgust kuni kompaniya xodimlari, kiosk sotuvchilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kompapniya Bosh direktori D.Safarov ochib, bugungi kunda savdo qilinayotgan davriy bosma nashrlar tahlili natijalari bilan tanishtirdi. Kiosk sotuvchilarining masala va muammolari tinglanib, masalar yechimi bo‘yicha tegishli masu’llarga ko‘rsatmalar berildi. HUMO hisob terminallari bilan savdo qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan kiosk sotuvchilariga, savdoni yanada jonlantirish va mushtariylarga UZCARD  terminalidan tashqari HUMO terminali ham yuritilishini eslatib borishni, umuman barcha terminallar bilan bir xilda, xaridor talabiga qarab savdo qilishni tashkil etib borishni takidladi.

     Shuningdek qonunchiligimizda bo‘layotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar, jumladan  joriy yil sentabr oyidan amalga kiradigan bir qator hujjatlar mazmun mohiyati bilan ham xodimlar tanishtirilib, ushbu qabul qilinayotgan yangi hujjatlarga qat’iy amal qilib borish uqtirildi.  Savdo hajmi tushib ketayotgan “Matbuot” kiosklari  faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

     Savdo hajmini oshirish borasida tegishli ko‘rsatmalar hamda ijrosi yuzasidan ma’lum muddatlar berildi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi