Qashqadaryo viloyatida sayyor qabul o’tkazildi

2018 yil 21 dekabr kuni Qarshi shahrida “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Savdo bo’yicha direktori D.Safarov, Qashqadaryo viloyat “Matbuot tarqatuvchi” SHK direktori, “Voha” gazetasi xodimlari, fuqarolar va korxona ishchi-xodimlari ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi.

   2018 yil 21 dekabr kuni Qarshi shahrida “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Savdo bo’yicha direktori D.Safarov, Qashqadaryo viloyat “Matbuot tarqatuvchi” SHK direktori, “Voha” gazetasi xodimlari, fuqarolar  va korxona ishchi-xodimlari ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi.
   So’zga chiqqan D.Safarov bugungi kunda aholini davriy matbuot nashrlariga bo'lgan talabini qondirish, rasmiylashtirilgan obuna bo'yicha nashrlarni o'z vaqtida sifatli yetkazib berish borasida Kompaniya va uning tarkibidagi korxona va jamiyatlarda amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi muammo va masalalar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.
   O’tkazilgan yig’ilishda ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob olishdi. Shuningdek ishtirokchilar sohaga doir o’z fikr mulohazalarini ham bildirib o'tdi.
   “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi Savdo bo’yicha direktori D.Safarov barcha yig’ilish qatnashchilarini avvalo yurt kelajagi va farzandlar taqdiriga befarq bo’lmay sohaga doir sayyor yig’ilishda ishtirok etganlari uchun o’z minnatdorchiligini bildirib, yaqinlashib kelayotgan Yangi 2019 yil bilan muborakbod etdi, hammaga sog’lik-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, yurt ravnaqi yo’lida olib borayotgan ishlarida ulkan zafarlar tiladi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi