Sohibqiron Amir Temur (1336-1405)

Amir Temur, (to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul) [1336 yil 9 aprelda, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan. Amir Temur - o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.

Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag‘oy esa barlos urug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag‘oyni ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig‘inlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashiga ko‘ra, «ulamo va sulaho va muttaqiylarg‘a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…». Tarag‘oybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri bo‘lgan. Tarag‘oybek 1360 yilda vafot etgan.

Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni O‘trorda vafot etgan.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi