UZB RUS ENG
"Matbuot tarqatuvchi" AK Rahbariyati 

                             Bosh direktor 

                Najbiddinov Suvon O‘rinovich

Telefon: 233-75-49  Faks: 233-43-24 

Qabul qilish kunlari: Dushanba va har oyning
              birinchi va uchinchi shanba kunlari 10:00 – 12:00

Elektron manzil:
info@akmt.uz

        Kompaniyaga umumiy rahbarlik qiladi.
  O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O’zbekiston Respublikasining sohaga taa’luqli Qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prizidenti Farmonlari va Farmoyishlariga, hukumat qarorlari va farmoyishlariga asoslanib ish yuritadi va kompaniya Ustavining ijro etilishini tashkil qiladi.
    Kompaniya tizimining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish ishiga rahbarlik qiladi.
Kompaniya tasarrufidagi shu’ba korhonalarni ishiga bevosita rahbarlik qiladi, ular faoliyatini asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, rahbarlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
    Kuzatuv Kengash qaroriga muvofiq belgilangan tartibda shu’ba korhonalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda tugatish haqida buyruqlar qabul qiladi, bajarilishini ta’minlaydi.
    Kadrlar hamda mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish, yuridik, buhgalteriya, umumiy bo’limlarga bevosita rahbarlik qiladi.
     Kompaniya ulushi mavjud tashkilot va jamiyatlarga kompaniyaning ishonchli vakillarini tayinlaydi.
   Sohaga yuklangan vazifalar bajarilishini tashkil etish, kompaniya markaziy apparati hamda kompaniya tasarrufidagi korhonalar ishlari uchun javobgar hisoblanadi.


                              Bosh direktorning 1-muovini

                         Kubeev Baxtiyor Sagdullayevich

Telefon: 233-75-49  Faks: 233-43-24 

Qabul qilish kunlari: Chorshanba va Payshanba 16:00 – 18:00

Elektron manzil:
info@akmt.uz


     Kompaniya tasarrufidagi shu’ba korxonalar va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar ishini va ular faoliyatining asosiy yo’nalish ko’rsatkichlari bajarilishini nazorat qiladi;
     Iqtisodiyot, statistika va tahlil, umumiy bo’lim, shartnomalar va o’zaro hisob-kitoblar, vaqtli matbuotni tarqatish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish bo’limi hamda obuna uyushtirish personaliga bevosita rahbarlik qiladi;
     Statistik ma’lumotlarni tegishli idoralarga belgilangan vaqtda taqdim etishni nazorat qiladi;
  Matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish ishini respublika bo’yicha muvofiqlashtirilishini nazorat qiladi;
     Vaqtli nashrlarni tarqatish bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirish bo’limi, ishlab chiqarish uchastkasi, obuna hujjatlarini rasmiylashtirish bo’limiga qarashli personallar ishini nazorat qiladi;
    Tashkilot, korxona va jamiyatlarda vaqtli matbuot nashrlariga obunani qabul qilish qiladi;
     Obuna nashrlari miqdorini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va uning bajarilishini nazorat qiladi va ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
     Rasmiylashtirilgan obuna bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarini o’z vaqtida to’lanishini nazorat qiladi;

    Vaqtli nashrlarni tarqatish uchun qo’llaniladigan me’yoriy hujjatlarni tayyorlash jarayonida qatnashadi va kompaniya tarkibidagi SHK, MCHJlarni ushbu me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;

    O’zbekiston Respublikasi hududida obuna katalogiga kiritilgan vaqtli matbuot nashrlarni obuna uyushtirish yo’li bilan tarqatilishini nazorat qiladi;

    Respublika aholisi va boshqa davlatlarni O’zbekiston Respublikasi vaqtli matbuot nashrlariga bo’lgan ehtiyoji qondirilishi asosiy vazifasi hisoblanadi;

    Vaqtli matbuot nashrlariga bo’lgan ehtiyoj marketingi va monitoringi tashkil etilishini nazoratqiladi;

    Chakana savdo tarmog’i orqali vaqtli matbuot nashrlariga obuna rasmiylashtirish va tarqatilishini nazorat qiladi;
    Vaqtli matbuot nashrlarini o’z vaqtida is’temolchilarga yetkazib berilishini nazorat qiladi;
   Vaqtli matbuot nashrlariga obuna uyushtirishni, buyurtmalar qabul qilish va barcha hujjatlarga «Obuna uyushtirish» kompüyuter dasturi orqali amalga oshirilishini nazorat qiladi;
    Obuna uyushtirish bo’yicha yangi xizmat turlari ishlab chiqilishi va bajarilishini nazorat qiladi;
    Barcha tahririyat va tarqatuvchilar bilan shartnoma tuzilishini nazorat qiladi;
    Obuna katalogi tuzilishida bevosita ishtirok etadi;
   Davlat aloqa inspektsiyasi bilan ishni tashkil qilish, «O’zbekiston pochtasi» OAJ va uning filiallari, tahririyatlar hamda nashriyotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ish olib boradi;
    Fuqarolarning shikoyat, ariza va murojaatlari ro’yxatini yuritadi, ko’rib chiqadi va hal etadi;
   Kompaniyaning shu’ba korxonalari va kompaniya ulushi mavjud bo’lgan korxonalar hamda jamiyatlarga tayinlangan ishonchli vakillarning ishini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritadi;
   Kompaniya tizimidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning barqaror moliyaviy-iqtisodiy holatini ta’minlash, ularning debitorlik va kreditorlik qarzdorligini qisqartirishni tashkillashtiradi hamda korxona tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan hisob-kitob ishlarini nazorat qiladi;
  Shu’ba korxonalar va kompaniyaning ulushi bor jamiyatlarning kompaniya oldidagi qarzlari bo’yicha surishtiruv va undiruv ishlarini nazorat qiladi;
Kompaniya tarkibidagi shu’ba korxonalarda chakana savdo tarmog’i samaradorligini oshirish va rivojlantirilishini nazorat qiladi;
  Kompaniyaning tarkibidagi SHK va MCHJlarda chakana savdo do’konlari tarmog’ini oqilona va samarali joylashtirish, rivojlantirish chora tadbirlari ishlab chiqilishi hamda bajarilishini nazorat qiladi;
   Kompaniya tarkibidagi shu’ba korxonalarda xususiy tadbirkorlar faoliyatidan foydalanilishini nazorat qiladi;
  Kompaniya tarkibidagi shu’ba korxona va jamiyatlarda qonunda belgilangan muddatlarda umumiy yig’ilishlar o’tkazilishini va kompaniyaning ulushi bo’yicha to’lanadigan dividendlar (foydaning bir qismi) o’z vaqtida kompaniyaga kelib tushishini nazorat qiladi;
  Kompaniyaning shu’ba korxonalarida tasdiqlangan «Biznes reja» bajarilishini har chorak nazorat qiladi hamda bajarilgan ko’rsatkichlar bo’yicha Bosh direktorga ma’lumot va takliflarni taqdim etadi;
  Shu’ba korxonalarning «Matbuot» kioskalarida barcha tekshiruv organlari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf qilinishini nazorat qiladi;
   Shu’ba korxonalar rahbarlarining faoliyatini o’rganib, Bosh direktorga ma’lumot va takliflar kiritadi;
  Yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida kompaniyaning Bosh direktor muovinlari, bo’lim boshliqlari va bo’lim xodimlarini ishga jalb qiladi;
   Kompaniya, shu’ba korxonalar va kompaniya negizidagi jamiyatlarda ma’naviyat va ma’rifat ishlari olib borilishini nazorat qiladi;
   O’zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni kompaniyada bajarilishini nazorat qiladi;
   Kompaniyaning u rahbarlik qilayotgan tarkibiy bo’limlarida va kompaniya tasarrufidagi shu’ba korxonalarda ishlar ijrosini tashkil etish hamda ular holatini tanqidiy tahlili uchun javobgar hisoblanadi.


                       Bosh direktor muovini

                Abdikarimov Shavkat Ozodovich

Telefon: 234-85-81  Faks: 233-43-24 

Qabul qilish kunlari: Seshanba va Juma  16:00 – 18:00

Elektron manzil:
info@akmt.uz

   Chakana savdo uyushtirish personali hamda kiosk sotuvchilarining faoliyatini nazorat qiladi;
  Vaqtli nashrlar, kitob mahsuloti, halq iste’mol mollari va boshqa mahsulotlarning kiosklarda imkon darajasida to’liq sotilishini ta’minlash maqsadida, savdo monitoringini doimiy ravishda o’rganib chiqqan holda taqsimlash, chakana savdoni uyushtirish, kiosklar faoliyatida ish tartibiga rioya etilishi, bezatilishi, narx belgilari borligi, sotuvdan tushgan pullarni o’z vaqtida kompaniya g’aznasiga to’liq topshirilishi, tovar mahsulotlari qoldig’ini oshirmaslik va sanitariya holati, kioskachilar tomonidan oylik reja bajarilishi va kiosklarda reklama joylashtirilishini nazorat qiladi;
  Kiosklarni ekspluatatsiya qilishda barcha amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiladi;
   Ijara shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi kiosklarga yetkazib beriladigan vaqtli nashrlar, kitob mahsulotlari, xalq iste’mol mollari va boshqa mahsulotlarni taqsimlash, chakana savdosini uyushtirish, ijaradagi kiosklar faoliyati ijara va mahsulot yetkazib berish shartnomasi talablari asosida yuritilishini doimiy nazorat qiladi hamda tekshiruv organlari tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarning bartaraf etilishini ta’minlaydi;
   Kompaniyaga qarashli chakana savdo do’konlari tarmog’ini oqilona va samarali joylashtirish, rivojlantirish chora tadbirlari ishlab chiqilishi hamda bajarilishini nazorat qiladi;
  Buxgalterlar, chakana savdo uyushtiruvchilari, yuriskonsulüt hamkorligida kompaniya tasarrufidagi «Matbuot» kiosklaridagi (shtatdagi va ijaraga olgan tadbirkorlar) kreditor va debitor qarzlar bo’yicha surishtiruv va undiruv ishlarini nazorat qilish;
    Saralash uchastkasida vaqtli matbuot nashrlarini sifatli saralanishi va o’z vaqtida kiosklarga yetkazilishini nazorat qiladi;
    Moddiy boyliklarni kiosklarga yetkazish va savdo tushumini yig’ish bilan bog’liq barcha hujjatlarni to’liq rasmiylashtirili
shini nazorat qiladi;

   Begona shaxslar kioskda faoliyat ko’rsatmasligi bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va tadbirlar bajarilishini nazorat qiladi;
   O’z vaqtida hisob-kitob ishlarini amalga oshirmagan kiosk sotuvchilari bilan shartnomani bekor qilish bo’yicha taklif kiritadi;
   Chakana savdo tarmog’i orqali vaqtli matbuot nashrlariga rasmiylashtirilgan obunani o’z vaqtida obunachilarga yetkazib berilishini nazorat qiladi;
  Chakana savdo tarmog’ida o’tkaziladigan marketing-monitoring bo’yicha o’ziga biriktirilgan xodimlarga taalluqli farmoyish beradi;
   Chakana savdo tarmog’ida sotish uchun (marketing-monitoring asosida) kompaniya xarid qilishi maqsadga muvofiq bo’lgan mollar (mahsulot) yuzasidan taklif beradi;
    Kiosklarni tarmoq bo’yicha o’rnatish, joydan joyga ko’chirish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini hal qiladi;
    Kiosklar dislokatsiyasini tayyorlab tegishli davlat tashkilotlaridan tasdiqdan o’tkazilishini nazorat qiladi;
  Kompaniya tasarrufidagi kompüyuter va elektron-hisoblash texnikasi uchun zamonaviy dasturlar joriy etilishini boshqaradi;
  Kompaniya xodimlari shtat jadvalida faoliyat yuritayotgan kiosk sotuvchilari ishi me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilayotganligini nazorat qiladi;
   Lotereya va kontsert chiptalarini sotish uchun shartnomalar tuzib xarid qilish bo’yicha takliflar kiritish va kompaniyaga tegishli barcha kiosklarda sotilishini nazorat qiladi;
   Kompaniya tasarrufidagi kiosklar orqali yangi xizmat turlarini ko’rsatish bo’yicha takliflar kiritadi va bajarilishini nazorat qiladi;
   Kiosklarga vaqtli nashrlarni taqsimlovchi, saralovchi va yetkazib beruvchi ekspeditorlar, chakana savdo va obuna katta uyushtiruvchisi, chakana savdo katta uyushtiruvchilari, chakana savdo uyushtiruvchilari, avtomashina haydovchisi-saralovchi ekspeditorlar, chakana savdo uyushtiruvchi-hisob hujjatlariga ishlov beruvchilar, hisob hujjatlariga ishlov beruvchilar, 3-darajali matbuot nashrlarini saralovchilari, yuk tashuvchi va kiosk sotuvchilarini faoliyatini nazorat qiladi;
«Matbuot» kiosklari faoliyatidan kelib chiqadigan barcha davriy hisobotlarni o’z vaqtida ishlab chiqish, belgilangan tartibda statistika va boshqa mutasaddi idoralarga me’yoriy shakl-jadvallarda belgilangan muddatlarda taqdim etish, yer ijarasi va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lab borilishini nazorat qilish va bu jarayonlarda qo’shimcha to’lov penyalarga yo’l qo’ymaslikni ta’minlaydi;
   Kompaniyaning u rahbarlik qilayotgan tarkibiy bo’limlarida ishlar ijrosini tashkil etish hamda ular holatining tanqidiy tahlili uchun javobgar hisoblanadi.