UZB RUS ENG
Yangiliklar
Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 20 yilligi

Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 20 yilligi

   Mamlakatimizda “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 20 yilligi” keng nishonlanilmoqda. 2011 yilning 13 yanvar kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan yig’ilish o’tkazildi.
   Yig’ilishni kompaniya Bosh direktori S.O’.Najbiddinov ochib berdi va kompaniyada ishlayotgan barcha xodimlarni bayram bilan tabrikladi va ezgu tilaklar bildirdi. Shuning dek, kompaniya kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi M.N.Adilova, Kadrlar bo’limi boshlig’i M.H.Qodirova va boshqalar kompaniya erkak xodimlarini “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bilan samimiy tabrikladilar.
    Kompaniya erkak xodimlariga bayram munosabati bilan sovg’alar topshirildi.
    Shu bilan birga o’tkazilgan shahmat va shashka musobaqasi g’oliblariga ham sovg’alar topshirildi.


Âîçâðàò ê ñïèñêó