UZB RUS ENG
Yangiliklar
O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi kollegiyasining yig’ilishi

O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi kollegiyasining yig’ilishi

   2012 yilning 24 yanvar kuni Toshkent axborot texnologiyalari Universitetida O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Kollegiyasining sohada 2011 yilda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha kengaytirilgan yig’ilishi bo'lib o'tdi. Kollegiya yig’ilishida agentlikning hududiy boshqarmalari va bo'lim boshliqlari, aksiyadorlik kompaniyalari, aloqa va axborotlashtirish sohasi korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.
   Kollegiyada O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Bosh direktori H.A.Muhitdinov so'zga chiqdi va 2011 yilda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy va ijtimoiy siyosat o'zining ijobiy natijasini bergani, shu qatorda aloqa va axborotlashtirish sohasining ham ijobiy natijalari ta'kidlandi.
   Kollegiyada asosiy e'tibor sohani rivojlantirish yo'llari va soha korxonalarining 2012 yilda amalga oshiradigan vazifalariga qaratildi.
   Shu bilan birga sohada kadrlar tayyorlash masalasi ko'rildi va soha korxonalarining litseylar, kolledjlar va sohaning boshqa o'quv yurtlari bilan nazariya va amaliyotni bog’lash maqsadida aloqalarni kengaytirish zarurligi ta'kidlab o'tildi.


Âîçâðàò ê ñïèñêó