So'ngi yangiliklar
“Matbuot tarqatuvchi” AKda ijro intizomi bo'yicha o'quv-seminari o'tkazildi
Kiosk sotuvchilari bilan yig’ilish
Kuzatuv Kengashi yig’ilishi
Jamoa shartnomasining 2011 yilda bajarilish yakunlari bo’yicha kasaba uyushma qo’mitasining yig’ilishi
Prezident kitobi o'rganildi
“Matbuot tarqatuvchi” AKda ijro intizomi bo'yicha o'quv-seminari o'tkazildi
Kiosk sotuvchilari bilan yig’ilish
Kuzatuv Kengashi yig’ilishi
Jamoa shartnomasining 2011 yilda bajarilish yakunlari bo’yicha kasaba uyushma qo’mitasining yig’ilishi
Prezident kitobi o'rganildi
Hurmatli foydalanuvchi!
"Matbuot tarqatuvchi" AK yuboriladigan elektron murojaatlarning qabul qilinishi va ko‘rib chiqilish Tartibi bilan diqqat bilan tanishishingizni so‘raymiz.
"Matbuot tarqatuvchi" AKning Internetdagi rasmiy veb-saytiga yuborilgan fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi.
1. "Matbuot tarqatuvchi" AKning rasmiy veb-sayti fuqarolarga "Matbuot tarqatuvchi" AKga murojaat etish imkonini ta‘minlash uchun qo‘shimcha vositadir.
2. Fuqarolarning elektron shakldagi murojaatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq bir kundan kechikmagan holda "Matbuot tarqatuvchi" AK bo‘limlariga ijro uchun yuboriladi va ular murojaatlarda qo‘yilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli javob beradi.
3. Murojaat (savol)ga javob ma‘lum vaqtdan so‘ng "Matbuot tarqatuvchi" AK rasmiy saytida “SAVOLLAR va JAVOBLAR” rukni ostida e‘lon qilinadi. Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga ko‘proq vaqt talab etilgan hollarda muddat bir oydan oshmagan vaqtgacha uzaytirilishi mumkin.
4."Matbuot tarqatuvchi" AK vakolatiga aloqasi bo‘lmagan masalalar ko‘rib chiqilmaydi va boshqa idoralarga yuborilmaydi. Odob-ahloq me‘yorlariga rioya etilmagan shakldagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.
5.Murojaat (savol) matnining hajmi 600 belgidan oshmasligi lozim.
6.Elektron shakldagi murojaatlarni jo‘natuvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar haqidagi ma‘lumotlar to‘liq yoki aniq ko‘rsatilmagan hollarda, u ko‘rib chiqilmaydi.
7.Agar yuborilgan javob Sizni qoniqtirmasa, unda murojaatingizni yozma ravishda "Matbuot tarqatuvchi" AKning manziliga (Toshkent sh. 100000, A.Temur ko‘chasi 2 uy) yoki faksga (233-43-24) yuborishingiz mumkin.




