Abdukarimov Izzatilla – “O‘z kasbining ustasi”

2018 yilning 8 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “7 may - aloqachilar kasb bayrami” nishonlanishi munosabati bilan...

   2018 yilning 8 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “7 may - aloqachilar kasb bayrami” nishonlanishi munosabati bilan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasining yuqori darajada yuksaltirish hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, mamlakat iqtisodiyoti va sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari va mobil aloqa operatorlarining rahbar xodimlari va mutaxassislarining samarali mehnatlarini rag‘batlantirish tadbiri tashkil etildi.
   “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi mutaxassisi Abdukarimov Izzatilla “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandi.
   Shu bilan birga, ko‘rik-tanlov g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi.
   I.Abdukarimovni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda ishlariga muvaffaqiyat va oilaviy xotirjamlik tilaymiz.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi