Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishi

2018 yilning 25 may kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishi o‘tkazildi...

   2018 yilning 25 may kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishi o‘tkazildi.
   Yig’ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
• Umumiy yig'ilish reglamentini belgilash.
• Kompaniya Kuzatuv Kengashining 2017 yil faoliyati hisoboti.
• Kompaniya Bosh direktorining 2017 yil yakuni hisoboti.
• Kompaniyaning 2017 yil hisobotini, buxgalteriya balansi, foyda va zarar hisob varag'ini tasdiqlash.
• 2017 yil yakuni bo'yicha Taftish komissiyasi xulosasi va audit xulosasini eshitish.
• 2017 yil faoliyat yakunlari bo'yicha sof foyda to'g'risida.
• Kompaniya Kuzatuv Kengashi a'zolarini saylash.
• Kompaniya Taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
• Kompaniya Bosh direktorini saylash.
• 2018 yilda auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash va xizmatiga to'lanadigan pul miqdori chegarasini belgilash.
• Kompaniyaning 2018 yil Biznes rejasini tasdiqlash.
• Kompaniya affillangan shaxslari bilan kelgusida Kompaniya tomonidan kundalik xo'jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlarni ma'qullash.
• Kompaniya Ustavining yangi tahririni tasdiqlash.
   Aksiyadorlar kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha byulleten orqali ovoz berdilar va majlis ovoz berish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qildi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi