Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami muborak bulsin.
01.09.2023
Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan barcha yurtdoshlarimizni hamda sohada faoliyat yuritayotgan barchani chin qalbimizdan tabriklaymiz. Oilaviy xotirjamlik, osoyishta hayot va qut baraka hech qachon yurtimizni tark etmasin.
Hurmat bilan,
“Matbuot tarqatuvchi” AK
aksiyadorlari va mehnat jamoasi
2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
03.07.2023
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Joriy yil 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 31yil to‘ldi.
Barchangizni ushbu kun bilan qutlaymiz!
Ma’lumki, davlat ramzlari, ya’ni davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi har bir mamlakatning xalqaro munosabatlardagi milliy timsoli va ramzi sifatida muhim siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu ramzlarsiz davlatning mustaqilligini va uning xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni va rolini tasavvur etib bo‘lmaydi.
2022 yilning 7 iyunida O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Unda davlatimiz gerbiga oid ahamiyatli yangiliklardan o‘z ifodasini topdi.
Qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti hamda xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda davlat ramzlaridan tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) reklama qilish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish taqiqlandi.
Qurbon hayiti muborak bo'lsin
28.06.2023
Qurbon hayit bayrami bilan barchani tabriklaymiz. Xonadoningizga qut baraka, to'kin sochinlik, yurtimiz ravnaqi yo'lidagi mehnatingizga kuch quvvat tilaymiz. Yurtimiz tinch, hayotimiz farovon bo'lsin.
Hurmat va ehtirom bilan
«Matbuot tarqatuvchi» AK
aksiyadorlari va mehnat jamoasi