“Matbuot tarqatuvchi” AK jamoasi Muborak Qurbon hayiti bilan qutlaydi

30.07.2020

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyul, PQ-4788-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2020-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 31-iyul — juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2020-yil 31-iyul Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi. 

  “Matbuot tarqatuvchi” AK jamoasi barcha hamkor tashkilotlarni Muborak Qurbon hayiti bilan qutlaydi. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo'lidagi barchamiz qilayotgan mehnatimiz samarasi ulkan bo‘lishini so‘rab, Oilaviy tinchlik va xotirjamlik tilab qolamiz.

Karantin cheklovlari 15 avgustgacha uzaytirildi

26.07.2020

  Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan mamlakatda joriy etilgan karantin cheklovlari joriy yilning 15 avgustiga qadar uzaytirildi.

Yangi taxririyat o'z ishini boshladi

17.07.2020

   Bugun taraqqiyot sari dadil odimlayotgan mamlakatimizning yanada ravnaq topishi va butun dunyoga yuz tutishi uchun matbuot va axborotning o’rni beqiyos ekanligini barchamizga ayon.

  Yaqinda yana bir jurnal ro’yhatdan o’tib o’z faoliyatini boshladi. Bu “Iste’molchi-Потребитель” jurnalidur. Kompaniya xodimlari ushbu yangi tahririyat bilan bog’lanib yaqindan tanishib, tajriba almashildi. Kelgusida nashr ravnaqi uchun Kompaniya doimo o’z tajribasidan kelib chiqib maslahat berishga va hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qilinib, ijodiy yuksalish tilandi.

   “Matbuot tarqatuvchi” AK “Iste’molchi-Потребитель” jurnaliga 2020 yil ikkinchi yarim yillik uchun obunalar tashkil etish borasida kerakli maslaxatlar va takliflar taxririyatga bildirildi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi