"Matbuot tarqatuvchi" AK Rahbariyati

Bosh direktor v.v.b.

Aripov Mahmud Gaipovich

Telefon: 233-75-49  Faks: 233-43-24
Qabul qilish kunlari: Chorshanba va Juma 16:00 – 18:00
Elektron manzil: aripov@akmt.uz

Biografiya

  • Biznesni rivojlantirishni strategik rejalashtirish bo'limi, bozor kon'yunkturasi va istiqbolli talabni o'rganish bo'limi, kontrakt majburiyatlarni nazorati xizmati, axborot texnologiyalari xizmati, obuna uyushtirish personali va moddiy zahiralarni boshqarish personaliga  bevosita rahbarlik qiladi, ushbu bo'lim va xizmat xodimlari faoliyatini nazorat qiladi;
  • Kompaniyada axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirishni hamda Kompaniya tasarrufidagi kompyuter va elektron-hisoblash texnikalari uchun zamonaviy dasturlar joriy etilishini tashkillashtiradi;
  • Kompaniya xizmatlarini samarali tashkil etish va kompaniya daromadlari o'sishi bo'yicha strategik reja ishlab chiqilishini tashkillashtiradi;
  • Axborot xavfsizligi bo'yicha faoliyatni nizorat qiladi va olib boriladigan ishlarga rahbarlik qiladi;
  • Kompaniya tasarrufidagi sho’ba korxonalar faoliyatining asosiy yo'nalish ko'rsatkichlari bajarilishini nazorat qiladi;
  • Tashkilot, korxona va jamiyatlarda vaqtli matbuot nashrlariga obuna qabul qilish jarayoni hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Obuna nashrlari miqdorini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va uning bajarilishini nazorat qiladi, ushbu masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
  • Rasmiylashtirilgan obuna bo'yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari o'z vaqtida to'lanishini nazorat qiladi;
  • Vaqtli nashrlarni tarqatish  uchun qo'llaniladigan me'yoriy  hujjatlarni tayyorlash jarayonini tashkil qiladi va kompaniya tarkibidagi korxona hamda jamiyatlar ushbu me'yoriy hujjatlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi;
  • O'zbekiston Respublikasi hududida obuna katalogiga kiritilgan vaqtli matbuot nashrlari obuna uyushtirish yo'li bilan tarqatilishini nazorat qiladi;
  • Vaqtli matbuot nashrlariga bo'lgan ehtiyoj marketingi va monitoringi tashkil etilishini nazorat qiladi;
  • Chakana savdo tarmog’i orqali vaqtli matbuot nashrlariga obuna rasmiylashtirish va tarqatilishini nazorat qiladi;
  • Vaqtli matbuot nashrlarini obuna orqali o'z vaqtida is'temolchilarga etkazib berilishini nazorat qiladi;
  • Vaqtli matbuot nashrlariga obuna uyushtirishni, buyurtmalar qabul qilish va barcha hujjatlarga ishlov berish «Avtomatlashtirilgan obuna dasturi» kompyuter dasturi orqali amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Obuna uyushtirish bo'yicha yangi xizmat turlari ishlab chiqilishi va bajarilishini nazorat qiladi;
  • Obuna katalogi tuzilishida bevosita ishtirok etadi va mas'ul hisoblanadi;  
  • Kompaniyaning marketing, assortiment va tarif siyosatini, xizmatlarni sotish dasturini shakllantirishni nazorat qiladi;
  • Reklama siyosatining iqtisodiy samaradorligini ta'minlash ishlarini olib boradi;
  • Iste'mol bozorini o'rganishni nazorat qilish, xizmatlarga talabni, mijozlarning qoniqish darajasi tadqiq etilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniya tarkibidagi sho’ba korxonalar, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, kompaniya ulushi mavjud bo'lgan korxonalar hamda jamiyatlarga tayinlangan ishonchli vakillarning ishini takomillashtirish  bo'yicha takliflar kiritadi;
  • Kompaniyaning sho’ba korxonalarida tasdiqlangan «Biznes reja» bajarilishini nazorat qiladi hamda bajarilgan ko'rsatkichlar bo'yicha har chorakda Bosh direktorga ma'lumot va takliflarni taqdim etadi;
  • Yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida Kompaniyaning direktori, bo'lim va xizmat boshliqlari hamda xodimlarini ishga jalb qiladi;
  • Kompaniyaning moliyaviy siyosatini, uning moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni tashkillashtiradi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniyaning strategik maqsadlari va rivojlanish istiqbollaridan kelib chiqib bozor kon'yukturasini hisobga olgan holda moliyalashtirish manbalarini aniqlash asosida moliyaviy boshqaruv ishini nazorat qiladi;
  • Moliyaviy xatarlarni baholaydi va tahlil qiladi, ularni kamaytirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqadi, moliyaviy tartib-qoidalarga rioya qilish, shartnoma majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarilishi hamda daromad olinishi, ta'minotchilar, iste'molchilar va kredit muassasalari bilan moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarini ro'yxatga olishni, shuningdek tashqi iqtisodiy operatsiyalar nazoratini ta'minlaydi;
  • Kompaniyaning soliq siyosati, soliqni rejalashtirish va soliq solishni shakllantirishga, buxgalteriya siyosatini takomillashtirish, loyihalarning investitsiyaviy jozibadorligini va sarmoyalarning maqsadga muvofiqliligini baholash va tahlil qilish hamda xususiy va qarz mablag’lari munosabatini tartibga solishga boshchilik qiladi;
  • Vaqtinchalik bo'sh pul mablag’larini joylashtirish uchun kredit muassasalari bilan o'zaro hamkorlik ishlarini amalga oshiradi;
  • Mahsulotlar va tovarlar (xizmatlar)ni sotish xarajatlari rejalarining loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish hamda tarqatish xarajatlarini kamaytirish bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
  • Moliyaviy mablag’lardan maqsadli foydalanish, moliyaviy-xo'jalik faoliyat natijalarini va soliq majburiyatlari bajarilish holatining nazoratini olib boradi;
  • Kompaniyaning to'lov qobiliyatini ta'minlash va foydasini ko'paytirish, moliyaviy va sarmoyaviy loyihalar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni tashkillashtiradi va bajarilishini nazorat qiladi;
  • Buxgalteriya, soliq, statistika va boshqaruv hisobi talablariga muvofiq moliyani boshqarish bo'yicha axborot tizimlari va dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va konfidensial ma'lumotlarning saqlanishi va haqiqiyligi bo'yicha nazorat olib boradi;
  • Kompaniya tarkibidagi korxonalarning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladi, moliyaviy masalalar bo'yicha viloyat korxonalari statistik ma'lumotlarni tegishli idoralarga belgilangan vaqtda taqdim etishlarini  nazorat qiladi;
  • Kompaniya tizimidagi sho’ba korxonalar va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar, tahririyatlar hamda nashriyotlar bilan tuzilgan shartnomalar  asosida ish olib borilishini nazorat qiladi;
  • Barcha tahririyatlar va tarqatuvchilar bilan shartnomalar tuzilishini va shartnomalar asosida hisob-kitob ishlari o'z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniya tizimidagi sho’ba korxonalar va mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning barqaror moliyaviy-iqtisodiy holatini o'rganish, ularning debitorlik va kreditorlik qarzdorligini qisqartirishni tashkillashtiradi hamda korxona, tashkilotlar bilan amalga oshirilayotgan hisob-kitob ishlarini nazorat qiladi;
  • Kompaniya tarkibidagi sho’ba korxonalar, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar va kompaniyaning ulushi bor jamiyatlarning kompaniya oldidagi qarzlari bo'yicha surishtiruv va undiruv ishlarini tashkil qiladi;
  • Kompaniyaga qarashli bino, maydonni ijaraga berish shuningdek kommunal xizmatlar bo'yicha shartnomalar tuzishilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniya bo'limlari, xizmatlarining elektron tehnika, kanselyariya va boshqa mollar bilan ta'minotini tashkil qiladi;
  • Kompaniyaning u rahbarlik qilayotgan tarkibiy bo'limlarida va kompaniya tasarrufidagi sho’ba korxonalarda belgilangan ishlar ijrosini tashkil etish hamda ular holatini tanqidiy tahlili uchun javobgar hisoblanadi.

Savdo bo'yicha direktor

Safarov Davron Safarovich

Telefon: 234-85-81  Faks: 233-43-24
Qabul qilish kunlari: Seshanba va Payshanba 16:00 – 18:00
Elektron manzil: safarov@akmt.uz

Biografiya

  • Bosh injener, Bosh energetik, savdoni koordinatsiya qilish personali, logistika personali, eksplutatsiya personali, texnik va xizmat ko'rsatish personali faoliyatiga bevosita rahbarlik va nazorat qiladi;
  • Respublika miqyosida matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirish ishi muvofiqlashtirilishini nazorat qiladi;
  • Vaqtli nashrlar, kitob mahsuloti, xalq iste'mol mollari va boshqa mahsulotlarning kiosklarda imkon darajasida to'liq sotilishini ta'minlash maqsadida, savdo monitoringini doimiy ravishda o'rganib chiqqan holda taqsimlash, Chakana savdoni uyushtirish, kiosklar faoliyatida ish tartibiga rioya etilishi, kiosklar vitrinalari bezatilishi, narx belgilari borligi, sotuvdan tushgan pullar o'z vaqtida kompaniya g’aznasiga to'liq  topshirilishi, tovar mahsulotlari qoldig’ini oshirmaslik va sanitariya holati, kiosk sotuvchilari tomonidan oylik normalari rejasi bajarilishi va kiosklarda reklama joylashtirilishini  nazorat qiladi;
  • Kiosklarni ekspluatatsiya qilishda barcha amaldagi me'yoriy hujjatlar talablari bajarilishini nazorat qiladi;
  • Ijara shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi kiosklarga yetkazib beriladigan vaqtli nashrlar, kitob mahsulotlari, xalq iste'mol mollari va boshqa mahsulotlarni taqsimlash, Chakana savdosini uyushtirish, ijaradagi kiosklar faoliyati ijara va mahsulot etkazib berish shartnomasi asosida yuritilishini doimiy nazorat qiladi;
  • Kompaniya tasarrufidagi va Kompaniya tarkibiga kiruvchi sho’ba korxonalar hamda mas'uliyati cheklangan jamiyatlar tasarrufidagi “Matbuot” savdo do'konlarini oqilona va samarali joylashtirish, Chakana savdo tarmog’ini rivojlantirish chora tadbirlari ishlab chiqilishi hamda bajarilishini nazorat qiladi;
  • Buxgalterlar, nashrlar Chakana savdo uyushtiruvchilari, bosh yuriskonsult hamkorligida kompaniya tasarrufidagi «Matbuot» kiosklaridan (shtatdagi va ijaraga olgan tadbirkorlar) debitor qarzlar bo'yicha surishtiruv va undiruv ishlarini tashkil qiladi;
  • Saralash uchastkasida vaqtli matbuot nashrlari sifatli saralanishi va o'z vaqtida kiosklarga yetkazilishini nazorat qiladi;
  • Moddiy boyliklarni kiosklarga yetkazish va savdo tushumini yig’ish bilan bog’liq barcha hujjatlar to'liq rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
  • Begona shaxslar kioskda faoliyat ko'rsatmasligi bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va  nazorat qiladi;
  • O'z  vaqtida hisob-kitob ishlarini amalga oshirmagan  kiosk sotuvchilari bilan shartnomalarni bekor qilish  bo'yicha taklif kiritadi;
  • Chakana savdo tarmog’i orqali vaqtli matbuot nashrlariga rasmiylashtirilgan obunani o'z vaqtida obunachilarga yetkazib berilishini nazorat qiladi;
  • Chakana savdo tarmog’ida o'tkaziladigan marketing-monitoring bo'yicha o'ziga biriktirilgan xodimlar uchun taalluqli farmoyishlar beradi;
  • Chakana savdo tarmog’ida sotish uchun (marketing-monitoring asosida) kompaniya xarid qilishi maqsadga muvofiq bo'lgan mollar  (mahsulot) yuzasidan taklif beradi;
  • Qo'shimcha xizmatlarga bo'ladigan ehtiyojni oldindan belgilash va rejalashtirish, yangi xizmat turlari bilan ta'minlash uchun zarur tuzilmani tashkil etadi;
  • Kompaniya tasarrufidagi kiosklar orqali yangi xizmat turlarini ko'rsatish bo'yicha takliflar kiritadi va bajarilishini nazorat qiladi;
  • Kiosklarni tarmoq bo'yicha o'rnatish, joydan joyga ko'chirish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish masalalarini hal qiladi;
  • Kiosklar dislokatsiyasini tayyorlab tegishli davlat tashkilotlaridan tasdiqdan o'tkazilishini tashkil qiladi;
  • Kiosklarni joriy va kapital ta'mirlash, ichidagi jihozlar bilan ta'minlash, ularning saqlanishini nazorat qiladi;
  • Chakana savdo do'konlari tarmog’ini rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan chora tadbirlar o'z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
  • Chakana savdo tarmog’i bo'yicha barcha qabul qilingan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ma'lumotlar yig’ish va o'z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniya xodimlari shtat jadvalida faoliyat yuritayotgan kiosk sotuvchilari ishi me'yoriy hujjatlar asosida olib borilayotganligini nazorat qiladi;
  • Lotereya va konsert chiptalarini sotish uchun shartnomalar tuzib xarid qilish bo'yicha takliflar kiritish va kompaniyaga tegishli barcha kiosklarda sotilishini nazorat qiladi;
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda «Matbuot» kiosklari faoliyatini o'rganish bo'yicha ishlar olib boradi;
  • Yer munosabatlari va ko'chmas mulk kadastrini tartibga solish Bosh boshqarmasi bilan «Matbuot» kiosklari va kompaniyaga tegishli binolar egallagan yer uchastkalari bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtiradi;
  • Ma'muriy bino va barcha kiosklar bo'yicha yong’in xavfsizligi idoralari bilan ish yuritadi;
  • Kompaniyaga qarashli avtomobillarni ekspluatatsiya qilish, tegishli idoralardan ruxsatnoma (litsenziya) olish, avtomobillarni ta'mirlash ishlari bo'yicha shartnomalarni tuzish uchun taqdim etilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniya tasarrufidagi va Kompaniya tarkibiga kiruvchi sho’ba korxonalar hamda mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga qarashli avtotransportni yoqilg’i moylash mahsulotlari bilan ta'minlash va yoqilg’i sarfi me'yorini nazorat qiladi;
  • Kiosklarda elektr energiyasi oqilona, samarali ishlatilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniyada ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha amalga oshiriladigan ishlarni nazorat qiladi;
  • Kompaniya, uning tarkibidagi sho’ba korxonalar va mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda ma'naviyat va ma'rifat  ishlari olib borilishini nazorat qiladi;
  • Fuqarolar muhofazasi, texnika va mehnat xavfsizligi masalalarini nazorat qiladi;
  • Sho’ba korxonalarda fuqarolar muhofazasi va texnika xavfsizligi bo'yicha tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniyaga tegishli «Matbuot» kiosklarini kuzgi-qishgi mavsumga tayyorgarligini nazorat qiladi;
  • Bino (xonalar) va bino atrofi sanitariya holatini nazorat qiladi;
  • Kompaniya tomonidan ijaraga olinadigan yer maydonlari,  binolar, savdo shahobchalari bo'yicha shartnomalar tuzilishi va bajarilishini nazorat qiladi;
  • Kapital qurilish va kompaniya ma'muriy binosi, qo'shimcha qurilmalari, omborxonalarni joriy ta'mirlash ishlarini nazorat qiladi;
  • Kompaniyaga tegishli binolarni kuzgi-qishgi mavsumga tayyorgarligini nazorat qiladi;
  • Kompaniya tarkibidagi sho’ba korxonalar va mas'uliyati cheklangan jamiyatlardan kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik chora tadbirlari bo'yicha ma'lumotlar yig’ish va bajarilishini nazorat qiladi;
  • Kompaniya tarkibidagi sho’ba korxona va jamiyatlardan tarmoq bo'yicha barcha qabul qilingan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ma'lumotlar yig’ish va o'z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi;
  • Fuqarolarning shikoyat, ariza va murojaatlari ko'rib chiqib hal etadi va nazorat qiladi;
  • O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni kompaniyada bajarilishini nazorat qiladi;
  • Yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida Kompaniya direktori, kompaniyaning bo'lim va xizmat  boshliqlari hamda xodimlarini jalb qiladi;
  • Kompaniyaning u rahbarlik qilayotgan tarkibiy bo'limlarida va kompaniya tasarrufidagi sho’ba korxonalarda belgilangan ishlar ijrosini tashkil etish hamda ular holatini tanqidiy tahlili uchun javobgar hisoblanadi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi