Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi

25.05.2018

   2018 yilning 25 may kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o‘tkazildi.
   Yig’ilish kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
• Umumiy yig'ilish reglamentini belgilash.
• Kompaniya Kuzatuv Kengashining 2017 yil faoliyati hisoboti.
• Kompaniya Bosh direktorining 2017 yil yakuni hisoboti.
• Kompaniyaning 2017 yil hisobotini, buxgalteriya balansi, foyda va zarar hisob varag'ini tasdiqlash.
• 2017 yil yakuni bo'yicha Taftish komissiyasi xulosasi va audit xulosasini eshitish.
• 2017 yil faoliyat yakunlari bo'yicha sof foyda to'g'risida.
• Kompaniya Kuzatuv Kengashi a'zolarini saylash.
• Kompaniya Taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
• Kompaniya Bosh direktorini saylash.
• 2018 yilda auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash va xizmatiga to'lanadigan pul miqdori chegarasini belgilash.
• Kompaniyaning 2018 yil Biznes rejasini tasdiqlash.
• Kompaniya affillangan shaxslari bilan kelgusida Kompaniya tomonidan kundalik xo'jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlarni ma'qullash.
• Kompaniya Ustavining yangi tahririni tasdiqlash.
   Aksiyadorlar kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha byulleten orqali ovoz berdilar va majlis ovoz berish natijalari bo‘yicha qarorlar qabul qildi.

Kiosk sotuvchilari hamda tahririyatlar vakillari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi

22.05.2018

   2018 yilning 21 may kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining majlislar zalida boshqaruv apparati, kiosk sotuvchilari, Tasvir nashriyot uyi menedjeri G.Musaxanova ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
   Yig’ilishni kompaniya Savdo bo’yicha direktori D.S.Safarov ochib berdi. Yig’ilishda bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Shu jumladan, «Matbuot» kiosklarida sotiladigan vaqtli matbuot nashrlari assortimenti, kiosklarni bezash va nashrlarga monitoring o'tkazish, savdo qilish jarayonida amaldagi qonunchilikka rioya qilish masalalariga to’xtalib o’tildi.
   Yig’ilishda so’zga chiqqanlar qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Abdukarimov Izzatilla – “O‘z kasbining ustasi”

08.05.2018

   2018 yilning 8 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “7 may - aloqachilar kasb bayrami” nishonlanishi munosabati bilan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasining yuqori darajada yuksaltirish hamda ravnaqi yo‘lida faoliyat yuritayotgan, mamlakat iqtisodiyoti va sohaning rivojlanishiga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotgan Vazirlik tizimidagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlari, korxona, tashkilot, muassasalari va mobil aloqa operatorlarining rahbar xodimlari va mutaxassislarining samarali mehnatlarini rag‘batlantirish tadbiri tashkil etildi.
   “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi mutaxassisi Abdukarimov Izzatilla “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlandi.
   Shu bilan birga, ko‘rik-tanlov g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi.
   I.Abdukarimovni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz hamda ishlariga muvaffaqiyat va oilaviy xotirjamlik tilaymiz.