Internet orqali obuna bo'lish tartibi

“Matbuot tarqatuvchi” AKning obuna katalogi bo’yicha  Internet tarmog’i orqali obuna uyushtirish uchun YO’RIQNOMA

Assalom aleykum, hurmatli obunachi!
Sizni saytimizda ko’rishimizdan xursandmiz!
“INTERNET - OBUNA”
Vatqli nashlarga obuna rasmiylashtirish uchun, Internet tarmog’i orqali obuna uyushtirishga qo’l keladigan yo’riqnoma bilan tanishib chiqishingiz kerak
“Matbuot tarqatuvchi” AK tomonidan ko’rsatilayotgan ushbu interaktiv xizmatning afzalligi:
1. Eng muhim omil – vaqtingizni tejash. “Matbuot tarqatuvchi” AK saytining “Internet sahifasi”ning, “Nashrlar ro’yxati” sahifasiga o’tiladi. Ushbu sahifada gazeta va jurnallar ro’yxati keltirilgan bo’lib, ularning narxi, davriyligi va indeksi ko’rsatilgan, shuningdek siz ularni indeksi va nomlari bilan ham qidirish imkoniyatiga egasiz.
2. Online plastic kartochkasi bor bo’lib, “Click” bank-to’lov tizimiga ulangan obunachilar, rasmiylashtirilayotgan obunaga online to’lovni amalga oshirishlari mumkin.
3. “Click” bank-to’lov tizimiga ulanmagan obunachilar, OBUNA KATALOGI BILAN TANISHISH HAMDA OBUNA BLANK (ABONEMENT)LARI UCHUN VAQTLARINI SARFLAMASDAN, buyurtmalari uchun naqd hamda terminallar orqali Kompaniya kassalarida, “Aloqabank” OAT omonat kassalarida hamda “O’zbekiston pochtasi” OAJning pochta bo’limlarida pochta o’tkazmalari orqali to’lash imkoniyati mavjud. Obunachi istiqomat qiladigan joydagi bank tarmo’gi orqali pul o’tkazish yo’li bilan uyushtirilgan obunaga to’lash mumkin. “Matbuot tarqatuvchi” AKning bosh ofisida oddiy plastik kartochka orqali obuna uchun to’lovni amalga oshirish mumkin.
Obuna rasmiylashtirayotgan vaqtingizda bilishingiz zarur bo’lgan bir qator qoidalarga diqqat qiling:
A)  Obuna qilingan davriy nashrlar keyingi oyning 1-sanasiga yetkazib beriladi, agarda ushbu oyning 28-sanasigacha rasmiylashtirilgan obuna uchun pul mablag’lari kompaniyaning hisob raqamiga kelib tushganda (ya’ni, fevralning 1-sanasidan obuna yetkazib berish uchun obuna uyushtirsangiz, pul mablag’lari 28 yanvargacha kompaniyaning hisob raqamiga tushgan bo’lishi shart, agar mart oyining 1-sanasidan bo’lsa, unda 26-fevralgacha pul mablag’lari kompaniyaning hisob raqamiga tushgan bo’lishi shart). 5 ISH KUNI MOBAYNIDA BERILGAN BUYURTMA UCHUN TO’LOV AMALGA OSHIRILMASA, OBUNA RASMIYLASHTIRILMAYDI.
B)  Obunachining manzili qisqartmalarsiz to’liq ko’rsatilishi shart, aks holda davriy nashrlarni obunachiga yetkazib berishda muammolar kelib chiqadi. Agar obunachi obuna uyushtirayotganda xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, Kompaniyaning obuna bo’limiga murojaat etishlari mumkin (+998 71) 233-67-98, 233-60-78.  
C) Yetkazib berilmagan vaqtli nashrlarning majburiyatini Kompaniya o’z zimmasiga oladi.
D) Obuna uyushtirilgan vaqtli nashrlarning saqlanishi pochta qutisi ta’minlab berolmagan hollarda, obunachi yashaydigan joyiga yaqin joyda joylashgan kioskdan olish maqsadida obunani qaytadan rasmiylashtirishi mumkin.

INTERNET-OBUNA UYUSHTIRISH TARTIBI

1. Saytning "Internet obuna" sahifasi ochiladi.

2.Ushbu bosqichda kerakli hudud tanlanadi.
3.Ushbu bosqichda gazeta yoki jurnal kategoriyasi tanlanadi.
4.Hudud va kategoriya tanlangandan keyin, nashrlar ro'yxatidan ularning nomi, indeksi va narxi bo'yicha qidirish imkoniyati mavjud.
5.Nashlarni tanlash uchun nashrning to'g'risidagi savat belgisi bosiladi.
6.Tanlangan nashrlar savatda joylashadi, buyurmani rasmiylashtirish uchun savat ichidagi "Buyurtmani rasmiylashtirish" bosiladi.
6.Tanlangan nashrlar komplektlari soni hamda muddati tanlanadi va "Keyingi bosqich" bosiladi.
7.Ushbu bosqichda obunachining shaxsi belgilanadi.
8.Ushbu bosqichda obunachining ma'lumotlari kiritiladi, barcha ma'lumotlar aniq kiritilishi SHART.
9.Barcha ma'lumotlar kiritilgandan keyin buyurtma tasdiqlanadi.
10.Ushbu bosqichda siz tanlagan nashrlarning abonement varaqasi ekranga chiqadi. Obuna buyurtmasi qabul qilindi, to'lovni amalga oshirish uchun "Click orqali to'lash" bosiladi.
10.To'lovlar "Click" orqali amalga oshiriladi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi