20/09/18

“MATBUOT TARQATUVCHI” Aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlari diqqatiga X A B A R N O M A

     Sizni, Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko'chasi, 2-uyda joylashgan "Matbuot tarqatuvchi" Aksiyadorlik kompaniyasi binosida 2019 yil «31» may kuni  soat 11.00 da bo'lib o'tadigan "Matbuot tarqatuvchi" AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig’ilishiga taklif etamiz.

                                         Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Umumiy yig'ilish reglamentini belgilash.

2. Kompaniya Kuzatuv Kengashining 2018 yil faoliyati xisoboti.

3. Kompaniya Bosh direktorining 2018 yil yakuni xisoboti.

4. Kompaniyaning 2018 yil xisobotini, buxgalteriya balansi, foyda va zarar xisob varag'ini tasdiqlash.

5. 2018 yil yakuni bo'yicha Taftish komissiyasi hulosasi va audit hulosasini eshitish.

6. 2018 yil faoliyat yakunlari bo'yicha sof foydani taqsimlash.

7. Kompaniya Kuzatuv Kengashi a'zolarini saylash.

8. Kompaniya taftish komissiyasi a'zolarini saylash.

9. Kompaniya bosh direktorini saylash.

10. 2019 yilda auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash va hizmatiga to'lanadigan pul miqdori chegarasini belgilash.

11. Kompaniyaning 2019 yil Biznes rejasini tasdiqlash.

12. Kompaniya Ustaviga o'zgartirishlarni tasdiqlash.

13. Kompaniya affillangan shahslari bilan kelgusida Kompaniya tomonidan kundalik ho'jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik ymumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.

14. "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini rivojlantirishga o'zining samarali xissasini qo'shgan Kompaniya Bosh direktorni, direktorlarini, bosh buxgalterini, hodimlarini, Kuzatuv kengashi a'zolarini xamda Taftish komissiyasi a'zolarini mukofotlash to'g'risida Nizom yangi taxririni tasdiqlash.


         Umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2019 yil 27 may kuni holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestri asosida tuziladi. Aksiyadorlarni ro’yxatga olish 2019 yil 31 may kuni Kompaniya binosining 1-qavatida soat 10:30 dan amalga oshiriladi.

         Aksiyadorlar belgilangan hisobot va ma'lumotlar bilan Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko'chasi, 2-uy Kompaniya binosining 3-qavati 2-xonasida tanishishlari mumkin.

         Aksiyadorlar o'zlari bilan  shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

 

Kompaniya Kuzatuv Kengashi

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi