“Matbuot tarqatuvchi” AK “ICTEXPO-2018” ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

26 sentabr kuni Toshkentda “ICTWEEK Uzbekistan 2018” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining asosiy tadbirlaridan biri “ICTEXPO-2018” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ushbu ko’rgazmada “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi “internet obuna” hamda “kiosklar xaritada” dasturlarini namoyish etmoqda.

   26 sentabr kuni Toshkentda “ICTWEEK Uzbekistan 2018” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining asosiy tadbirlaridan biri “ICTEXPO-2018” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ushbu ko’rgazmada “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi “internet obuna” hamda “kiosklar xaritada” dasturlarini namoyish etmoqda.
   Bu yil Toshkent shahrida Ko’rgazma an’anaviy tarzda “O‘zekspomarkaz”da 26 sentabrdan 28 sentabrga qadar o’tkaziladi.
   “ICTEXPO-2018” AKT ko’rgazmasining olib borishni asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish qilish, ekspertlar jamoalarining professional platformasini shakllantirish va milliy bozor subyektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, AT-biznes va iste’molchilarning keng doirasini to’g’ridan-to’g’ri aloqalarga kirish, ta’minot va talabni qondirish hamda qo’shma tashabbuslarni faollashtirishga imkon beradi.
   ICTEXPO-2018 Ko’rgazmasi doirasida nafaqat xususiy va qo’shma korxonalarning mahsulotlari va texnologiyalari, balki xorijiy kompaniyalarniki ham namoyish etildi. ICTEXPO-2018 ishtirokchilari 50 dan ortiq eksponent-korxonalar, jumladan, mahalliy AKT sohasi vakillari, shuningdek, Rossiya, Qozog’iston va boshqa kompaniyalardan iborat bo’ldi. Ko’rgazma dasturi turli xil bo’lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so’nggi yutuqlarni namoyish etish uchun mo’ljallangan ko’ngilochar tadbirlarni o’z ichiga oladi.
   Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yilgi ko’rgazmani olib borish shakllari yanada innovatsion bo’ldi. ICTEXPO-2018 tashrif buyuruchilari va mehmonlari o’rnatilgan interaktiv kiosklar yordamida turli nominatsiyalar bo’yicha eng yaxshi stendlar uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
   Toshkent shahridagi ICTEXPO-2018 yana 2 kun bo’ladi, kirish ochiq va registratsiya orqali.


   Ko‘rgazmalar dasturi turli-tuman bo‘lib, o‘z ichiga keng miqiyosdagi ta’lim seminarlari, davra suhbatlari, shuningdek, AKT sohasida so‘nggi yillardagi yutuqlarni namoyish etishga mo‘ljallangan ko‘ngilochar dasturlarni qamrab oladi.

Kompaniya orqali tarqatiladigan nashrlar

Xalq so'zi XXI asr IctNews Adolat Biznes Ekspert Xabar UzInfocom.uz Maktabgacha ta'lim Megabyte Nevrologiya Pediatriya IctNews Sirli olam Sog'lom avlod uchun Xabar Soliq solish Ta'lim texnologiyalari Agro biznes inform IctNews Milliy tiklanish Biznes - audit, baho va mulk Xabar G'uncha Farmatsevtika jurnali IctNews Xalq so'zi XXI asr Ekologiya xabarnomasi Adolat Milliy tiklanish Bozor, pul va kredit O'zbekiston ovozi